Prezident Bishkekka keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrif buyurdi.
"Manas" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmeri DiKarlo bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, shuningdek, ShHT sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari ertaga, 14-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.