Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
Muloqot chogʻida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
TOSHKENT, 12 iyul. /«Dunyo» AA/. 2019-yil 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov London shahrida Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot vaziri o‘rinbosari baronessa Elizabet Greys Sag bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollari, jumladan O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning Buyuk Britaniya, xususan Xalqaro taraqqiyot vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga oid masalalar muhokama qilindi.