Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi: jadal va samarali qadamlar

Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi: jadal va samarali qadamlar
(O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024 yildagi faol, pragmatik va ochiq tashqi siyosati haqida ayrim mulohazalar)
2024 yil: Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatiga bir nazar
O‘tgan yil jonajon Vatanimiz uchun nihoyatda barakali bo‘ldi. Yurtingiz hayotida yuz berayotgan beqiyos va shiddatli o‘zgarishlar, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi to‘bara obod va go‘zal bo‘lib borayotganini hisobga olib, 2024 yil har tomonlama samarali, xosiyatli va fayzli bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Bunda o‘ziga yarasha bir hayotiy haqiqat bor, deb hisoblayman; bu xalqimiz shuhridan chuqur joy olgan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi har birimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirgan, umummilliy harakatga aylanganidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tabiri bilan aytganida: “Uzoq o‘tmishtan hozirgi davrga qadar milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g‘oya va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda Yangi O‘zbekiston tushunchasida jamuljam bo‘lmoqda”.
Yangi O‘zbekiston hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni teran tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili ham yurtingizning dunyoda raqobatbardosh davlat va ishonchli hamkor sifatidagi obro‘-e’tibori yana-da yuksalganini va ayniqsa, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik konstruktiv tashabbuslarimiz jahon hamjamiyati tomonidan yakdil qo‘llab-quvvatlangani, deb ishonch bilan aytamiz.
Buni men shaxsiy davlatimiz rahbari – Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning hayotbakhsh samarasi deb bilaman.
So‘zimning tasdig‘i sifatida yangi – 2025 yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga eng ilg‘or xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, tanilgan siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelganini misol keltirishni lozim, deb topdim.
Xorijiy davlatlar boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari o‘z qutlovlarida O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqdalar.
Bundan sakkiz yil muqaddam davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan ochiq, pragmatik, konstruktiv, faol va tinchliksevar tashqi siyosat 2024 yilda ham o‘zining samarali natijasini berdi, deb baralla ayta olamiz.
Xalqaro tashkilot va chet davlatlar rahbarlarining Yangi yil munosabati bilan yuborgan tabriknomalarida O‘zbekistondagi islohotlar va taraqqiyot sur’ati jadallik kasb etayotgani, xalq uchun munosib hayot sharoiti yaratilyotgani yuqori baholanishi va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi, deb e’tirof etishi ham bejiz emas.
Shu ma’noda, yakuniga yetgan yilda Yangi O‘zbekiston olib borgan faol tashqi siyosat sarhisobini xolis tahlil qilar ekanmiz, shubhasiz global miqyosda shiddatli o‘zgarishlar yuz berayotgan va yangi sinov va tahdidlar sharoitida Yangi O‘zbekiston diplomatiyasining mamlakatimiz iqtisodiy va siyosiy qudratini yana-da yuksaltirish, milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlash, jahon hamjamiyatida ijobiy xalqaro imijini mustahkamlash bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yutuqlariga guvoh bo‘lamiz.
Bunda, so‘zsiz, O‘zbekistonning tashqi siyosat faoliyat konseptsiyasining bosh muallifi – butun umrini xalqga fidokorona xizmat qilishga bag‘ishlagan muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning azmu shijoati, metin irodasi, eng muhimi, xalqimizning yorqin kelajagiga bo‘lgan komil ishonchi o‘z in’ikosini topgan.
“Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida milliy davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasi, jahon hamjamiyati bilan do‘stona munosabatlarni tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash tamoyillari mujassamdir. Ya’ni O‘zbekiston mazkur strategik printsiplarga sodiq qolib, hamkor davlatlar va xalqaro tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini doim to‘liq bajaryapti.
O‘tgan yil, xalqaro hayotdagi murakkab va ziddiyatli o‘zgarishlarga qaramay, Yangi O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda teng huquqlilik va davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa printsiplariga sodikligini tasdiqladi. Shuningdek, mamlakatimiz tashqi munosabatlarni har doim va barcha davlatlar bilan o‘z milliy manfaatlarini ham, jahon taraqqiyoti tendensiyalarini ham hisobga olgan holda rivojlantirishga tayyor ekanini amalda ko‘rsata oldi.
“Xalqaro munosabatlar mohiyati va mazmuni tubdan o‘zgaryotgan, jahonda kuchlarning yangi nisbatlari shakllanyotgan hozirgi zamonda, har bir ishimizda, qabul qilayotgan barcha qonun va qarorlarimizda faqat va faqat xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari eng ustuvor o‘rinda turishi shart,” deb ta’kidlaydi davlatimiz rahbari.
Millatimiz sardori olib borayotgan tashqi siyosatning tub falsafiy maqsadi – har qanday vaziyatda xalqning oliy manfaatlarini himoya qilishdir. Binobarin, “Mening eng katta maqsadim – xalqimni rozi qilish, baxtli ko‘rish,” – deb ta’kidlashi zamirida teran ma’no bor, albatta.
Shu satrlarni yozar ekan, yodimga, bexxtiyor, buyuk ajdodimiz Baxouddin Naqshbandning ideal davlatni “falsafiy hukmdor” boshqarishi kerakligini ta’kidlab, “Hukmdor zahiran xalq bilan, botinan haq bilan bo‘lishi lozim” degan so‘zlari keldi. Mutafakkir alloma Mir Alisher Navoiy ham o‘zining benazir asarlarida inson va uning taqdiri, xalq va uning manfaatlari yo‘lida g‘amxo‘rlik qiladigan hukmdorni ulug‘lab kelganini ham ayni haqiqatdir.
Shu jihatdan, Shavkat Mirziyoyev, qaysi xalqaro anjumanda ishtirok etmasin, qaysi davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan muloqot qilmasin, xalqimiz manfaatlarini himoya qiluvchi, global darajada fikrovi davlat arbobi, xalqaro darajadagi o‘ta murakkab masalalarni ijobiy hal etish borasidagi ilg‘or tashabbuslari, va ayniqsa sergayratli ekanini va qolaversa, samimiy inson sifatidagi ezgu xislatlari bilan barcha suhbatdoshini hayratda qoldira oladi.
Shu o‘rinda raqamlarga murojaat etaylik. Masalan, o‘tgan 2024 yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 ta xalqaro tashrifni amalga oshirdi, Xorijiy tashriflar doirasida 100 dan ortiq uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Prezident 2024 yilda 140 dan ortiq xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi. 264 tadan ortiq ikki va ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma va hujjatlar imzolandi. Ikki va ko‘p tomonlama xalqaro tadbirlar doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar 2000 dan ortdi, investitsiya loyihalar va savdo bitimlari qiymati qariyib 120 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Shavkat Mirziyoyev fenomeniga Rejep Tayyip Erdo‘an – Turkiya Respublikasi Prezidenti shunday ta’rif bergandi: “Qadrli qardoshim, Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan O‘zbekiston mintaqaviy va global siyosatdagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Bu bizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. O‘zbekiston davlati rahbarini samimiy do‘st va har tomonlama strategik hamkor deb bilaman.”
Yangi Markaziy Osiyo: mintaqaviy hamkorlikning samarali modeli
Bugun Yangi Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda boshqa yetakchi hamkor davlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari bilan unumli va tizimli aloqalarni yanada rivojlantirish davlatimiz tashqi siyosatining e’tibor markazidadir. Chet ellik taniqli ekspertlarning e’tirof etishicha, so’nggi yillarda Markaziy Osiyo – tom ma’noda xavfsizlik, izchillik va barqaror rivojlanish mintaqasiga aylanishi, xalqaro hamkorlar uchun jozibadorligi tobora ortib bormoqda. Shu o’rinda alohida qayd etish zarurki, muhtaram Shavkat Mirziyoyev prezidentlik lavozimiga kirishi bilanoq Markaziy Osiyoni tashqi siyosatimizning eng ustuvor yo’nalishi deb belgiladi. Shu asosda qo’shnilarimiz bilan do’stona munosabatlar tubdan yaxshilandi. Bugun Yangi Markaziy Osiyo haqidagi orzusi bugun real haqiqatga aylanmoqda. Mintaqamiz iqtisodiy o’sish va investitsion faollik markazlaridan biri sifatida jadallik bilan rivojlanmoqda. Bugungi noyob tarixiy imkoniyatlar asosida Markaziy Osiyoda o’zaro manfaatli hamkorlik, xavfsiz va barqaror taraqqiyot makoniga aylanmokda. Shu jihatdan, o’tgan yilda davlatimiz rahbarining qo’shni davlatlarga 7 marotaba tashrif buyurgani ham bejiz emas. Masalan, o’tgan 2024 yil avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog’istonda bo’ldi. O’zbekiston rahbari birgalikdagi tizimli va amaliy sa’y-harakatlar tufayli O’zbekiston-Qozog’iston hamkorligini ittifoqchilik munosabatlaridek eng oliy bosqichga olib chiqishga erishilganini barcha xorijiy siyosatchilar yuqori baholadi. Muzokaralar davomida, birinchidan, parlamentlarning ikki palatasi ishtirokida Parlamentlararo forum tashkil etish masalasi ko’rib chiqildi. Ikkinchidan, hamkorlikning yana bir yangi zamonaviy shakli – Tashqi ishlar vazirlari kengashini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi. Uchinchidan, har tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan 2024-2034 yillarga mo’ljallangan Strategik sheriklik va ittifoqchilik dasturi qabul qilindi. Eng muhimi, avvallari davlatlararo munosabatlar rivojiga to’g’anoq bo’lib turgan transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. So’nggi yillarda an’anaga aylangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlaridagi samimiy muloqotlar, ilgari surilgan muhim tashabbuslar, amalga oshirilgan ko’p tomonlama loyihalar mintaqa qiyofasini tubdan o’zgartirdi. O’zaro savdo, investitsiya, yuk tashish, fuqarolarning tashriflari hajmi bir necha barobar ko’paydi. Xorijiy sheriklar tomonidan amaliy qiziqish ortdi. “Markaziy Osiyo plus” formatidagi turli uchrashuvlar shundan dalolat beradi. Mazkur uchrashuvlarda davlatimiz rahbari mintaqaviy hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Birinchidan. Iqtisodiy kengash uchrashuvlarini muntazam yo’lga qo’yish. Ikkinchidan. Sanoat kooperatsiyasini o’zaro qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish. Shuningdek, Markaziy Osiyo investitsiya kengashini tashkil etish. Uchinchidan. Innovatsion rivojlanish bankini tashkil etish, qo’shma investitsiya forumlarini muntazam o’tkazib borish. To’rtinchidan. Transport va tranzit to’g’risidagi bitimni qabul qilish, transport vazirliklari, tashuvchilar va ekspeditorlar, logistika kompaniyalari va mutaxassislar ishtirokida Ekspertlik konferensiyasini o’tkazish. Beshinchidan. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida agrar ishlab chiqarishning innovatsion usullari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish kabi qator tashabbuslar ilgari surildi. Davlatimiz rahbari global darajadagi anjumanda faqat O’zbekiston, balki mintaqamizdagi davlatlar manfaatlarini ilgari surib kelmoqda. Masalan, Shavkat Mirziyoyevning Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashining IX yillik yig’ilishidagi nutqi yuqoridagi fikrimizing yorqin dalilidir. Hozirgi kunda Markaziy Osiyo aholisi 80 milliondan oshdi. Mintaqaning yalpi ichki mahsuloti kelgusi besh yilda 700 milliard AQSh dollarga yetishi kutilmoqda. Shu bilan birga, mintaqada yirik infratuzilma loyihalariga talab kun sayin ortib bormoqda. O’zbekiston rahbari Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki bilan hamkorlikda suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish bo’yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” ikkinchi sammitida ham mintaqada barqaror rivojlanish masalalari ustida alohida to’xtalib, Germaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha o’z qarashlarini bayon etdi. Birinchi yo’nalish. Ustuvor sohalarda dasturiy tadbirlarni qamrab olgan, uzoq muddatga mo’ljallangan Hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilish taklif etildi. Ushbu hujjatni ishlab chiqish uchun “Markaziy Osiyo – Germaniya” tahlil markazlari forumini tashkil etish imkoniyatlarini ko’rib chiqish va uning birinchi majlisini 2025 yili nemis-mennonitlarining katta jamoasi yashagan mintaqadagi qadimiy shaharlardan biri – Xivada o’tkazish masalasi o’rtaга tashlandi. Ikkinchi yo’nalish. “Markaziy Osiyo va Germaniya” investor va tadbirkorlari kengashini ishga tushirish. Uning birinchi uchrashuvini 2025 yili O’zbekistonda, Toshkent investitsiya forumi doirasida o’tkazish; investitsiyalarni rag’batlantirish va himoya qilish to’g’risidagi ko’p tomonlama hukumatlararo bitimni qabul qilish imkoniyatini ko’rib chiqish. Uchinchi yo’nalish. Germaniyaning ilg’or bilim va texnologiyalarini joriy etish asosida muhim xomashyo resurslari sohasida sheriklikni rivojlantirish. Bu o’rinda so’z Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari tovarlarni yetkazib berishni tashkil etish borasidagi loyihalar haqida bormoqda. To’rtinchi yo’nalish. Markaziy Osiyo mamlakatlarining Germaniya bilan Energetika sohasidagi muloqotini yo’lga qo’yish imkoniyatini ko’rib chiqish. Beshinchi yo’nalish. Iqlim o’zgarishlariga birgalikda javob qaytarish. Atrof-muhit va iqlim o’zgarishlarini o’rganish bo’yicha Markaziy Osiyo universiteti bazasida qo’shma ta’lim dasturlari va ilmiy almashuvlarni amalga oshirish. Oltinchi yo’nalish. Transport kommunikatsiyalari, shu jumladan, yer usti va havo tashuvlari yaxshi rivojlanmagan hamkorlikni rivojlantirishda eng katta to’siq bo’layotgani sababli Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog’laydigan muqobil transport yo’laklarini rivojlantirish bo’yicha qo’shma konferensiya o’tkazish taklif etildi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati ham jadal davom etmoqda. Bugungi kunda BMT bilan 140 dan ortiq qo’shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o’zgarishi va biologik xilma-xillikni saqlash kabi global masalalarga qaratilgan. O’zbekistonning BMTga qo’shilganidan buyon umumiy qiymati 4,4 milliard dollardan oshgan 300 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Davlatimiz rahbari xalqaro aloqalarni rivojlantirish, o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash borasida muhim tashabbuslarni ilgari surishda davom etmoqda. O’zbekistonning xalqaro maydondagi obro’-e’tibori tobora ortib bormoqda.
Masalan, 2024 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Rossiya, Belarus, Eron, Turkiya, Ozarbayjon va qo'shni davlatlar prezidentlari, Malayziya va Yaponiya Bosh vazirlari kabi qator xorijiy davlat va hukumatlar rahbarlari bilan qilgan telefon muloqotlari zamirida yagona maqsad yotadi. Bu ham bulsa, Yangi O'zbekiston kelajagi, xalqimiz manfaatini yo'lida xorijiy davlatlar bilan dolzarb siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni tezkorlik bilan muhokama qilishdir.
Yana bir gap. Davlatimiz rahbari telefon muloqoti orqali xorijiy safarda yoki Olimpiya musobaqalarida bo'lgan fuqarolarimizning holidan xabar oladi, ular bilan birma-bir shaxsan suhbatlashadi, sportchilarimizga zaferlar tilaydi.
Masalan, 2024 yilning may oyida Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qilib, Hajj safarida bo'lgan qariyb 12 ming nafar ziyaratchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida qayg'urib so'radi. Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimiz muqaddas Hajj ibodatini mukammal ado etib, sog'-omon kelishlarini tilaydi.
Bu kabi onlab misollar esa, o'zbek xalqining Shavkat Mirziyoyevdek jonkuyar va yuqori insoniy fazilatlar sohii bo'lgan buyuk rahbari borligidan dalolat beradi va qalbimizga cheksiz faxr va g'urur bag'ishlaydi.
Muxtasar xulosa o'rnida aytish mumkinki, keltirilgan ushbu qisqa misollarning o'zi ham O'zbekistonning faol tashqi siyosat va ko'pkiralli tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali amalga oshirayotganidan dalolat beradi. Zero, Yangi O'zbekiston diplomatiyasi tamoyili xalqaro munosabatlarda umumbashariy, mintaqaviy va milliy darajadagi muammolarni hal etish, tahdidlarga barham berish, barqaror rivojlanishni ta'minlashda tashabbuskor bo'lishni ham nazarda tutadi.
Akmal Saidov,
O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati,
BMTning Inson huquqlari Qo'mitasi a'zosi, akademik