Polsha bilan ta’lim sohasida hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi!

Joriy yil 22–25 aprel kunlari Elchixona va “Perspektywy” fondi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya Varshava va Lodz shaharlariga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida ta’lim, fan, madaniyat va media sohalarida mustahkam aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi rektorlar forumi bu safar ham ikki mamlakat akademik doiralarini yaqinlashtirish, yangi istiqbolli tashabbuslar va birgalikdagi rejalarni belgilash uchun muvaffaqiyatli platformaga aylandi.
Tashrif davomida yoshlar almashinuvi, til va tarjima, axborot sohasidagi hamkorlik, shuningdek, madaniy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha kelishilgan ustuvor yo‘nalishlar bugungi aloqalarning mazmunan yangi pog‘onaga ko‘tarilganidan dalolat beradi.