Prezident Xorazmga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yirik ob’ektlarni ishga tushirish o‘rin olgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab berilishi rejalashtirilgan.