Norco tashrifi va Toshkent forumida ishtirok

Elchixona delegatsiyasi Sexanuv shahridagi “Norco” kompaniyasi bosh ofisiga tashrif buyurib, uning prezidenti Rafal Kilian bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif doirasida delegatsiya kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyati, xususan mebel mahsulotlarini loyihalash, tayyorlash va o‘rnatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Muzokaralar yakunida “Norco” kompaniyasi vakillarining 2025 yil 10-12 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan 4-Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.