O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri bilan uchrashdi

"Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muzokaralarimiz O'zbekiston bilan Buyuk Britaniya o'rtasidagi aloqalarni, xalqlarimiz o'rtasidagi chuqurlashib borayotgan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Savdo, ta'lim, xavfsizlik va boshqa sohalarda o'zaro almashinuvlarni jadallashtirish hamda umumiy maqsadlarni ilgari surish uchun zarur bo'lgan parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish yo'llarini muhokama qildik.
Xalqlar o'rtasidagi aloqalarni kengaytirish jadal davom etayotgan tashqi siyosatimizning ajralmas qismi bo'lib qolmoqda".