O'zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlari Londonda bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida o'zaro farovonlik va barqarorlik yo'lidagi umumiy intilishlarni tasdiqladilar

"Bugun London shahrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston-Buyuk Britaniya o'rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotganini aks ettiruvchi 2025-yilga mo'ljallangan keng va istiqbolli kun tartibini muhokama qildik.
Savdo va investitsiyadan tortib madaniy aloqalar va global chaqiriqlargacha bo'lgan sohalarni qamrab olgan hamkorligimizdagi yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdik. O'zaro farovonlik va barqarorlik yo'lidagi umumiy intilishlarimizni yana bir bor tasdiqladik.
Uchrashuvimiz yakunida vazirliklarimiz o'rtasida 2025-2026-yillarga mo'ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladik. Samimiy mehmondo'stlik va samarali muloqot uchun minnatdormiz".