Turli mamlakatlardan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining 150 dan ortiq ishonchli yetkazib beruvchilari Toshkentda jam bo‘ladi

26-Xalqaro TextileExpo Uzbekistan 2026 to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati ko‘rgazmasi 2026-yil 13–15-may kunlari Toshkent shahridagi “Uzexpocentre” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.
TextileExpo Uzbekistan Markaziy Osiyodagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun eng yirik B2B platforma bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va professional xaridorlarni birlashtiradi. Bu yerda xaridorlar ishonchli hamkorlar, zamonaviy trendlar va qulay hamkorlik shartlarini topadilar, soha vakillari esa ishlab chiqarishni rivojlantirish va optimallashtirish uchun kompleks yechimlarga ega bo‘ladilar. Tashrif buyuruvchilar takliflarni solishtirish, mahsulot sifatini baholash va ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazmada 7 mamlakatdan 150 dan ortiq tasdiqlangan yetkazib beruvchilar ishtirok etadi, ekspozitsiyaning katta qismini esa Xitoy kompaniyalari namoyish etadi.
Ko‘rgazma an’anaviy ravishda ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini — xomashyodan tayyor mahsulotlar va aksessuarlargacha — qamrab oladi. Tashrif buyuruvchilar ip-kalava, matolar, trikotaj mahsulotlari, furnitura va aksessuarlar, tayyor kiyim-kechaklar, texnik va uy tekstili, paypoq mahsulotlari, shuningdek, to‘qimachilik sanoati uchun kimyoviy moddalar va bo‘yoqlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, an’anaviy Buyers’ Program TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmasining o‘ziga xos tarkibiy qismi sifatida tashkil etiladi. Ushbu platforma aniq biznes natijalariga erishishga qaratilgan bo‘lib, maqsadli B2B uchrashuvlari, uzoq muddatli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va tijorat shartnomalarini imzolashni o‘z ichiga oladi. Mahalliy kompaniyalar uchun dastur xalqaro bozorlarga chiqish va eksport yetkazib berish hajmini kengaytirishning samarali vositasi hisoblanadi. Xaridorlar uchun esa ko‘rgazmadagi vaqtni maksimal darajada samarali o‘tkazish hamda asosiy yetkazib beruvchilarga ustuvor kirish imkonini beruvchi eksklyuziv ishtirok shartlari taqdim etiladi.