Elchixonada LeasingTeam Group bilan uchrashuv

Elchixona tomonidan LeasingTeam Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik, fuqarolarimiz uchun mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.