OʻzXDP fraksiyasi Davlat byudjeti ijrosi boʻyicha pozitsiyasini maʼlum qildi
Bugun parlament quyi palatasi majlisida Davlat byudjeti ijrosi boʻyicha hukumat hisoboti koʻrib chiqildi. Ushbu dolzarb masala boʻyicha Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻz pozitsiyasini maʼlum qildi.
Davlat ahamiyatiga molik masalalarni xalq bilan bevosita muhokama qilish, har bir masalada xalqni fikrini oʻrganish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Davlat byudjeti ijrosi Oliy Majlisda muhokama qilinishining siyosiy ahamiyati shundaki, xalqimiz oʻz vakillari orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi jarayonlarni nazorat qilish va takliflarini kiritish imkoniyatiga ega boʻladi.
Shu nuqtayi nazardan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yildagi hamda 2020-yilning birinchi choragidagi ijrosiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, undagi asosiy say-harakatlar aholining farovonligi va turmush darajasini oshirishga yoʻnaltirilganini koʻrish mumkin.
Xususan, 2019-yil yakunlari boʻyicha Davlat byudjetining xarajatlar qismida taʼlim, sogʻliqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalarni oshirishga asosiy eʼtibor qaratilgan.
Maktabgacha va Xalq taʼlimi muassasalari xodimlarining ish haqlarining sezilarli darajada oshirilishi hamda ushbu tizimning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi yoshlarimizni tarbiyalash va ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarishga mustahkam zamin yaratadi.
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni qoʻllab-quvvatlagan holda, byudjet ijrosi yuzasidan ayrim taklif va mulohazalarni bildirdi.
Davlat byudjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishda muammolar saqlanib qolayotgani, xususan, 6,5 mingdan ortiq byudjet tashkilotlarida 142 mlrd. 592 mln. soʻmlik moliyaviy xatoliklar, kamomad, oʻzlashtirish hamda noqonuniy xarajatlar aniqlangani va ularning miqdori yildan-yilga oʻsib borayotgani fraksiya aʼzolarini jiddiy tashvishlantiradi. Bunday kamchiliklarni imkon qadar kamaytirish uchun nazorat mexanizmlarini hamda vazirlik, idoralardagi ichki audit boʻlimlari faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish va ularning faoliyatini takomillashtirish kerakligi taʼkidlandi.
Hisobotlarda moliyaviy mablagʻlarga ehtiyoj, ajratilgan mablagʻlarning berilgan-berilmagani, shu bilan birga, mablagʻlardan nechogʻlik samarali foydalanilganligini ifodalovchi maʼlumotlar aks ettirilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Davlat byudjetining barcha jarayoni, byudjet tashkilotlarining hisoboti elektron dastur orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa hisobotlarni qisqa muddatlarda tayyorlash va qayta ishlash imkonini berishi kerak.
Shunga qaramasdan, bugungi tezkor islohotlar davrida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot iyun oyiga kelib koʻrib chiqilayotganligi qanchalik darajada zamon talablariga mos keladi?
Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 choragida, choraklik hisobotlarni esa hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasidan kechiktirmay Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish taklifini hukumat idoralari koʻrib chiqsalar maʼqul boʻlardi.
Shu va boshqa aniqlangan muammolar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish borasida tegishli takliflar ishlab chiqish kerak boʻladi. Bu borada fraksiyamiz aʼzolari byudjet sohasiga oid qonunchilikni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qilishga tayyor.
Fraksiyamiz 2020-yil Davlat byudjetida koʻzda tutilgan ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli boʻlishi ustidan qatʼiy deputatlik nazoratini oʻrnatadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yildagi xamda 2020-yilning 1 choragi ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni qoʻllab-quvvatladi.

Oliy Majlis Qonunchilik
palatasidagi OʻzXDP fraksiyasi
OʻzA