Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3702 nafarga yetdi
2020-yil 1-iyun soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3702 (+29) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi (20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda boʻlgan fuqaroda aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 2859 (+22) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 828 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.