Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasidagi sodir boʻlgan hodisa boʻyicha TIV maʼlumot berdi
Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasining “Chashma” uchastkasida sodir boʻlgan hodisa boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi maʼlumot berdi.
2020-yil 31-may kuni Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasi “Chashma” uchastkasida Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning chegaradosh hududlari aholisi oʻrtasida mahalliy darajadagi hodisa yuz berdi.
Voqea sabablarini ikki tomon rasmiy shaxslari oʻrganishi shuni koʻrsatdiki, “Chashma” bulogʻining ariqlarini birgalikda tozalash paytida yuzaga kelgan bahslashuv natijasida ikki mamlakatning ayrim fuqarolari oʻrtasida mojaro kelib chiqqan.
Hodisa natijasida ikki tomondan ham jabrlanganlar bor. Ularga zarur tibbiy yordam koʻrsatildi.
Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat toʻliq nazoratga olindi. Tomonlar bundan keyin oldindan kelishuvsiz tozalash ishlarini olib bormaslikka kelishib oldilar.
Taʼkidlash joizki, “Chashma” bulogʻi Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi aholisini ichimlik va sugʻorish suvi bilan taʼminlaydi. Oʻzaro manfaatlarni inobatga olgan holda “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish toʻgʻrisida kelishuv mavjud.
2020-yil 1-iyun kuni soat 09.00 da Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning Qirgʻiziston Respublikasi hukumati rahbari v.b. K.Boronov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng koʻlamli masalalar muhokama qilindi. Transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish va chegarada yuzaga keladigan muammolarni doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik ruhida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida 2017-yil 6-oktyabrda imzolangan Chegara hududida ishonch choralari boʻyicha Bitim qoidalariga muvofiq hal qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Hukumat rahbarlari yaqin vaqt ichida Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishi va Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh viloyatlari hokimlari va Qirgʻiziston hukumatining chegaraoldi hududlaridagi vakolatli vakillari Kengashini oʻtkazishga kelishib oldilar.
Ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari birgalikda mahalliy aholi bilan ham uchrashuv oʻtkazdi.

OʻzA