BMTning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2020-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov va BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Vakolatxonasi rahbari Helena Freyzer o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, “COVID-19”ning mamlakatimizda tarqalishiga qarshi kurashish, Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondining faoliyatini ta’minlash kabi muhim sohalarda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, BMTning 75 yilligiga bag‘ishlangan bir qator maxsus tadbirlar o‘tkazish va aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, Farg‘ona vodiysida yoshlarning ijtimoiy jipsligini mustahkamlash va transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.