YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashuv to‘g‘risida
2020-yil 1-iyun kuni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda YXHT loyihalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish masalalari, O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi 2006-yildagi o‘zaro Anglashuv memorandumi qoidalari, shuningdek, O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) muhokama qilindi.