Senatorlar mahalliy kengashlar faollari bilan uchrashmoqda
Joriy yil 26-may kuni davlatimiz rahbari raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Oliy Majlis palatalariga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koronavirus pandemiyasiga oid farmon va qarorlari ijrosi yuzasidan mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borishni yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilanib, bu borada xalq deputatlari mahalliy Kengashlari aʼzolarining faolligini oshirish zarurligi taʼkidlangandi.
Oliy Majlis Senatida doimiy asosda ishlaydigan senatorlar hududlarda xizmat safarlarida boʻlib, mahalliy Kengashlarga qilinadigan ishlar yuzasidan zarur tavsiyalar bermoqda.
Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B.Tojiyev Xorazm viloyatida, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari D.Toshmuhamedova Toshkent shahrida, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari T.Madumarov Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahrida, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari N.Abdullaxonov Namangan viloyatida, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sh.Choʻlliyev Buxoro viloyatida boʻlib, xalq deputatlari viloyat Kengashi komissiyalari raislari, shahar va tumanlar mahalliy Kengashlari aʼzolari bilan uchrashdi.
Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda mahalliy Kengashlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar batafsil tushuntirilayotir. Jumladan, davlatimiz rahbarining tegishli farmon va qarorlarida aks etgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan samarali deputatlik nazoratini taʼminlash, xalq deputatlari viloyat, tuman hamda shahar Kengashlari sessiyalarida har oyda kamida bir marta mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlari eshitilishini yoʻlga qoʻyish borasida soʻz yuritilmoqda.

Nurillo NASRIYEV, OʻzA