Qirgʻizlardan Sirdaryoga ikkinchi bor insonparvarlik yordami keldi
Гуманитарная помощь продолжает поступать пострадавшим от аварии на Сардобинском водохранилище гражданам.
Ushbu yordamni Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi maslahatchisi N.Jumaliyev boshchiligida, shu mamlakatning “M-Bulak” firmasiga qarashli “Fura”-avtopoyezdlarida olib kelindi.
“Saxovat koʻmagi” keltirgan delegatsiya aʼzolarini Guliston shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻida Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari R.Madrimov, viloyat prokurori R.Masharipov hamda bir guruh mehnat faxriylari kutib oldi.
– Oʻzbek qirgʻiz bilan azal-azaldan ogʻa-ini, quda-anda boʻlib, doʻstona yaxshi qoʻshnichilik munosabatida boʻlib kelgan, – deydi 79 yoshli mehnat faxriysi Haydar Qilichev. – Dini bir, tili bir, toʻy-marosimi bir ikki xalq bu. Birining boshiga ish tushganda boshqasi tomoshabin boʻlib turmagan hech qachon. Insonparvarlik yordami joʻnatgan qardosh qirgʻiz xalqiga barcha sirdaryoliklar nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Qardosh qirgʻiz xalqining ushbu insonparvarlik yordamida 20 tonnadan gurunch va makaron, 10 tonnadan oʻsimlik yogʻi, shakar va kartoshka hamda 5 tonna minerallarga boyitilgan ichimlik suvi bor.
Ushbu insonparvarlik yordami toshqindan zarar koʻrgan fuqarolarga yetkazilishi beladi.
A.Qayumov, OʻzA
Manba: O'zA