Latviya Elchisi bilan muzokaralar to‘g‘risida
2020-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mixails Popkovs bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Latviya kun tartibi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
“O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” shakli doirasidagi aloqalarning amaliy jihatlari, shuningdek, COVID-19 koronavirusi va uning oqibatlari bilan kurash bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi