Turkiya Elchisi bilan muzokaralar to‘g‘risida
2020-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Sureyya Er bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turkiya tomoni COVID-19 tarqalishi va Sardoba suv omboridagi favqulodda vaziyatning salbiy oqibatlariga bilan kurashda O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan amaliy yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi majlisiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tadbir kun tartibini tezkor ravishda kelishish va Strategik rejalashtirish guruhi va vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar shaklidagi muzokaralarning navbatdagi raundlarini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, joriy yilga rejalashtirilgan boshqa qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.