Pasport rasmiylashtirish tartibi
O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti to’g’risida.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-5156-sonli Qaroriga binoan:
- 2019 yil 1 yanvardan boshlab O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti amalga kiritiladi;
- 2019 yil 1 yanvardan boshlab xorijga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi;
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti uning egasining shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida O'zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladi;
- O'zbekiston Respublikasi fuqarolari 2021 yilning 1 yanvariga qadar kirish vizalari talab qilinmaydigan mamlakatlar (Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Gruziya) hududiga O'zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda O'zbekistondan chiqishlari mumkin;
- O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan xorijiy davlatlar (jumladan Turkiya, Tailand va Malayziya) hududiga O'zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda, undagi ruxsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagunga qadar O'zbekistondan chiqishlari mumkin;
- O'zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti asosida kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan xorijiy davlatlarda bo’lib turgan O'zbekiston fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan xorijiy davlatlarda bo’lish va ushbu davlatlar o’rtasida harakatlanishda pasportning amal qilish muddati tugaguniga qadar haqiqiy hisoblanadi;
- O'zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti asosida kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan xorijiy davlatlarda bo’lib turgan O'zbekiston fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan xorijiy davlatlarda bo’lish va ushbu davlatlar o’rtasida harakatlanishda pasportning amal qilish muddati tugaguniga qadar haqiqiy hisoblanadi;
Shuningdek, - O'zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilamaydigan xorijiy davlatlarda bo’lib turgan O'zbekiston fuqarolari uchun undagi ruxsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagandan so’ng, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan xorijiy davlatlarda kirish uchun haqiqiy hisoblanmaydi. Fuqarolarning qayd etilgan ushbu toifasi kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilamaydigan xorijiy davlatlarga kirish uchun O'zbekiston fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirishni so’rab, o’rnatilgan tartibda murojaat qilishi kerak.
O'zbekistonning chet eldagi vakolatxonalarida doimiy konsullik ro’yxatida turuvchi fuqarolarning O'zbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti unda xorijga doimiy yashashga MUDDATSIZ ruxsat stiker (DOIMIY YASHASHGA KETISHGA RUXSAT BERILDI – DEPARTURE FOR PERMANENT RISIDENCE IS AUTHORISED) bo’lgan taqdirda, mazkur toifadagi fuqarolar pasportning amal qilish muddati tugagunga qadar barcha mamlakatlarga chiqish va kelish uchun haqiqiy hisoblanadi.
Xorijga chiqish biometrik pasporti
Xorijga chiqish biometrik pasporti quyidagi O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi:
1. Xorijda doimiy yashab va Elchixonaning doimiy konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga.
2. Xorijda vaqtincha olti oydan ko'proq vaqt davomida yashab va Elchixonaning vaqtincha konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga (ma'lumot uchinchi bo'limda).
Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti quyidagi muddatlarga beriladi:
- tug'ilgan kundan bir yoshgacha bo’lganlarga - 2 yilgacha;
- bir yoshdan 16 yoshgacha bo’lganlarga - 5 yilgacha;
- 16 yoshdan oshgan fuqarolarga - 10 yil.
Xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish xorijga chiqish biometrik pasport, biometrik va biometrik bo’lmagan pasportlarni almashtirish munosabati bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- O'zbekiston Respublikasidan tashqariga sayohat qilish;
- xorijda bola tug'ilishi;
- pasport amal qilish muddatining tugashi;
- familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi, jinsining o’zgarishi;
- yozuvlardagi noaniqliklar va xatolarni aniqlash;
- ma'lumot va vizalar uchun mo'ljallangan sahifalarning tugashi;
- pasportning yaroqsiz holga kelishi;
- pasportni yo'qotish;
- dalil sifatida pasportni olib qo'yilishi.
ELCHIXONANING DOIMIY KONSULLIK RO'YXATIDA TURUVCHI A'ZOLARI UCHUN PASPORT BERISH/ALMASHTIRISH
O'zbekistonning Polsha Respublikasidagi Elchixonasining konsullik bo'limi Elchixonada doimiy konsullik ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarni rasmiylashtiradi/almashtiradi.
DIQQAT! Agar fuqaro yoki voyaga yetmagan shaxs Elchixona doimiy konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, bu holda avval doimiy konsullik ro'yxatidan o'tishi talab etiladi. So'ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ariza-anketa (namuna). Bunda har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi.
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
4. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Polsha vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu hujjatlarning barchasi tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
5. Agar pasportni olish/almashtirish uchun o'z vaqtida ariza berilmagan bo‘lsa (pasportning amal qilish muddati tugagan holatda), vaziyat va sabablar batafsil tushuntirilgan konsul nomiga yozma tushuntirish xati berilishi kerak. Pasport olish bo‘yicha o'z vaqtida murojjat qilinmagan bo’lsa (bir oydan ortiq) 18 yoshdan boshlab har bir kalendar yil uchun 50 AQSH dollari jarima undiriladi. Belgilangan jarima to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya qolgan hujjatlar bilan birga alohida biriktiriladi.
6. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 170 AQSH dollari;
Voyaga yetmagan shaxslar uchun.
Voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan Elchixonada doimiy ro’yxatdan o'tgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ariza-anketa (namuna). Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi.
2. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asli va nusxasi (voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan shaxslar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma
3. Agar amaldagi pasporti mavjud bo’lsa, pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun) - xorijga chiqish biometrik pasportini birinchi marta olish uchun. Agar ota-onadan birining pasportini taqdim etishning iloji bo'lmasa, tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan:
a) o'lim to'g'risidagi guvohnoma;
b) ajralish to'g'risidagi guvohnoma yoki nikohni bekor qilinganligi haqidagi sud qaroridan ko'chirma (nusxa);
v) ota-onalardan birini yo'qolgan yoki o'lgan deb tan olinganligi to'g'risida vakolatli idoralarning ma'lumotnomasi;
g) bolani yolg'iz ota-onaga qaram deb topish to'g'risida;
e) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqa hujjat;
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Polsha vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu hujjatlarning barchasi qasamyod tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Agar ota-onalardan biri xorij fuqarosi bo’lsa, uning bolaning xorijga chiqish biometrik pasportini olishga e'tirozi yo’qligini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan arizasi. Agar xorijlik ota yoki onaning arizasi yashash mamlakati tilida tuzilgan bo'lsa, unda ushbu hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus va o'zbek tillariga tarjima qilinishi kerak;
8. O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy propiskada bo'lgan/yashaydigan ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to'lmagan shaxs ota yoki ona bilan birga doimiy konsullik ro’xatda bo'lsa);
9. Hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
10. To’lov 20 AQSH dollarini tashkil etadi (konsullik hujjatlari bilan ishlash uchun).
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sana, jinsi o'zgarishi yoki yozuvlardagi xatolar va noaniqliklar aniqlanishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirishda, fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni konsullik muassasasiga taqdim etadi.
Ta'kidlash joizki, Elchixonaning konsullik bo'limi, agar zarur deb bilsa, yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
ELCHIXONANING VAQTINCHALIK KONSULLIK RO'YXATIDA TURUVCHI A'ZOLARI UCHUN PASPORT BERISH/ALMASHTIRISH
O'zbekistonning Polsha Respublikasidagi Elchixonasining konsullik bo'limi Elchixonada vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarni beradi/almashtiradi.
DIQQAT! Agar fuqaro yoki voyaga yetmagan shaxs Elchixona vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, bu holda avval vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tishi talab etiladi. So'ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi anketa-ariza (namuna). Bunda har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi.
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
4. Xorijga chiqish maqsadidan kelib chiqib, qo'shimcha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
xizmat safarida bo’lsa:
- chet elga chiqish to'g'risidagi buyruq yoki guvohnoma nusxasi;
tahsil olish:
- o'qish joyidan o'qish yo'nalishi va davomiyligi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillarida);
- talabalik guvohnomasining nusxasi.
davolanish uchun:
- qabul qiluvchi mamlakatning tibbiy muassasasi tomonidan berilgan taklifnomaning nusxasi;
- bemorni tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi tibbiy muassasaning ma’lumotnomasi nusxasi;
mehnat faoliyati bilan shug’ullanish:
- ish joyidan ish joyining davomiyligi va lavozimi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillarida);
- yoki mehnat shartnomasining nusxasi (rus yoki o'zbek tillarida);
oilaviy birlashish uchun.
- agar turmush qurgan bo'lsan, nikoh to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;
- agar shaxs 16 yoshga to'lmagan bo'lsa, ota-onalarning pasportlari nusxalari;
- agar yangi tug'ilgan chaqaloq bo'lsa, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
5. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Polsha vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
6. Harbiy guvohnoma yoki ro'yxatga olish guvohnomasining nusxasi, yoki mudofaa bo’limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy hizmatga majburlar uchun). Ushbu ma’lumotnomani olish uchun doimiy ro'yxatdan o'tgan tumanda joylashgan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa bo’limiga murojaat qilish zarur (harbiy ro'yxatga olish va xizmatga qabul qilish boshqarmasi).
7. Agar pasportni olish/almashtirish uchun o'z vaqtida ariza berilmagan bo‘lsa (pasportning amal qilish muddati tugagan holatda), vaziyat va sabablar batafsil tushuntirilgan konsul nomiga yozma tushuntirish xati berilishi kerak. Pasport olish bo‘yicha o'z vaqtida murojjat qilinmagan bo’lsa (bir oydan ortiq) 18 yoshdan boshlab har bir kalendar yil uchun 50 AQSH dollari jarima undiriladi. Belgilangan jarima to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya qolgan hujjatlar bilan birga alohida biriktiriladi.
8. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 170 AQSH dollari;
Voyaga etmagan shaxslar uchun
Voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan Elchixonada doimiy ro’yxatdan o'tgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi anketa-ariza (namuna). Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi.
2. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asli va nusxasi (voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan shaxslar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma
3. Agar amaldagi pasporti mavjud bo’lsa, pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun) - xorijga chiqish biometrik pasportini birinchi marta olish uchun. Agar ota-onadan birining pasportini taqdim etishning iloji bo'lmasa, tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan:
a) o'lim to'g'risidagi guvohnoma;
b) ajralish to'g'risidagi guvohnoma yoki nikohni bekor qilinganligi haqidagi sud qaroridan ko'chirma (nusxa);
c) ota-onalardan birini yo'qolgan yoki o'lgan deb tan olinganligi to'g'risida vakolatli idoralarning ma'lumotnomasi;
d) bolani yolg'iz ota-onaga qaram deb topish to'g'risida;
e) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqa hujjat;
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Polsha vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Agar ota-onalardan biri xorij fuqarosi bo’lsa, uning bolaning xorijga chiqish biometrik pasportini olishga e'tirozi yo’qligini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan arizasi. Agar xorijlik ota yoki onaning arizasi yashash mamlakati tilida tuzilgan bo'lsa, unda ushbu tarjimon tomonidan rus va o'zbek tillariga tarjima qilinishi kerak;
8. O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy propiskada bo'lgan/yashaydigan ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to'lmagan shaxs ota yoki ona bilan birga doimiy konsullik ro’xatda bo'lsa);
9. Hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
10. To’lov 20 AQSH dollarini tashkil etadi (konsullik hujjatlari bilan ishlash uchun).
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sana, yoki yozuvlardagi xatolar va noaniqliklar aniqlanishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirishda, fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni konsullik muassasasiga taqdim etadi.
Ta'kidlash joizki, Elchixonaning konsullik bo'limi, agar zarur deb bilsa, yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Xorijda nikoh yoki ajrashish holatida, nikoh yoki ajralish to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasini legalizatsiya qilingan holatda yoki apostil qo'yilgan ushbu hujjatning belgilangan nusxasida taqdim etilishi kerak.
Ba'zi hollarda, konsullik bo’limi boshqa fuqaroligi yo'qligini tasdiqlovchi hujjatni aslini tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjimasi bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan holda so'rashga haqlidir.
MUHIM!
1. Xorijda vaqtincha bo'lib turgan va Elchixonada vaqtincha konsullik ro’yxatida turmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti yoki O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomani olish uchun Elchixonaga murojaat qiladilar. Bunday holda hujjatlarni rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasining tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari va maxsus vakolatli davlat idorasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
2. O'zbekiston Respublikasining Konsullik muassasalarida konsullik ro’xatidan o’tmagan va nobiometrik namunadagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti bilan xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo’yicha fuqarolarning murojaatlari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti bilan yozma ravishda kelishuvidan so'ng alohida ko'rib chiqiladi.
PASPORT YO'QOTILGAN TAQDIRDA ELCHIXONANING DOIMIY VA VAQTINCHA KONSULLIK RO'YXATIDA TURUVCHI A'ZOLARI UCHUN PASPORT BERISH
O'zbekistonning Polsha Respublikasidagi Elchixonasining konsullik bo'limi tomonidan Elchixonada doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti yo'qolgan taqdirda xorijga chiqish biometrik pasportini beradi.
Elchixonaning konsullik bo'limida doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yo'qolgan taqdirda, Elchixonaga shaxsan suhbatdan o’tish uchun murojaat qiladi va shaxsini tasdiqlash bo’yicha hujjatlarni taqdim etadi. Mazkur hujjatlar O'zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari bilan kelishish uchun O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi.
Agar yo’qotilgan xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti O'zbekistonning Berlindagi Elchixonasi tomonidan berilgan bo’lsa, bu holatda shaxsni tasdiqlash uchun hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuborilmaydi. Bunday holda, yangi pasport olish uchun hujjatlar tayyorlanadi (hujjatlar ro'yxati 2-3-bo'limda ko'rsatilgan). Biroq, hujjatlar ro'yxatiga qo’shimcha ravishda politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi olingan ma’lumotnoma qo'shilishi kerak.
Boshqa hollarda, arizachining shaxsini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1. Shaxsni tasdiqlash uchun anketa-ariza 2-nusxada (namuna). Bunda har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi.
2. Agar mavjud bo'lsa, pasport nusxasi.
3. vakolatli idoralardan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma (pasport yo'qolgan taqdirda). Ma’lumotnoma tasdiqlangan va o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilingan bo'lishi kerak.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya;
Agar ariza beruvchi pasportni yo'qotishdan oldin Elchixonada vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, u holda O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun hujjatlarni taqdim etadi (ma'lumot "O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma" bo'limida mavjud).
Murojaat etuvchining Elchixonaga shaxsan tashrif buyurish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, murojaat etuvchi avval konsul bilan telefon orqali muzokara qilishi kerak.