Tanzila Narbayeva 150-Minjparlament ittifoqi Assambleyasining Prezidenti etib saylandi

Poytaxtda 150-yubiley Minjparlament Ittifoqining Assambleyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va ularni tinchlik va hamkorlikni mustahkamlash uchun birgalikda faoliyat yuritishga birlashtirish Minjparlament Ittifoqining asosiy vazifalaridan biridir.
Bugun Assambleya doirasida Boshqaruv kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Minjparlament Ittifoqi Prezidenti Tuliya Ekson raislik qildi.
Tadbirning kun tartibiga muvofiq, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 150-yubiley Assambleyasining Prezidenti etib saylanishi taklifi kiritildi, Boshqaruv kengashining a'zolari T. Narbayeva nomzodini bir ovozdan sayladilar.