Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Samarqandga keldi

Sergey Lavrov tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.
O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar. Xususan, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi strategik hamkorlikning dolzarb jihatlari, mintaqaviy xavfsizlik hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama etiladi.
Shuningdek, kun tartibida Yevroosiyo integratsiyasi va Ikkinchi jahon urushida Qozonilgan G‘alabaning 80 yilligini nishonlashga tayyorgarlik masalalari ham bor.
Samarqanddagi muzokaralarda boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi, chunki O‘zbekiston va Rossiya savdo, energetika, ilmiy va gumanitar sohalarda faol hamkorlik qilmoqda. Jumladan, uchrashuvlar davomida mehnat migratsiyasi masalalari, jumladan, uning huquqiy jihatlari va migratsiyagacha tayyorgarlik choralari ham alohida muhokama etiladi.