Fuqarolar qabuli
Fuqarolar qabuli Elchixonaning Konsullik bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Konsul qabuli E-Navbat (e-navbat.mfa.uz) sayti orqali ro‘yxatdan o‘tilgan holda amalga oshiriladi.
Qabul vaqtlari:
Dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha.
Telefon orqali konsullik maslahat vaqtlari:
Dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha.
DIQQAT: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konsullik masalalari bo‘yicha murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining consulate.mfa.uz interaktiv konsullik xizmatlari portali orqali onlayn tarzda ham amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Elchixonasi bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
02-804 Varshava shahri, Kraski ko‘chasi, 21
Tel.: +48 22 894 62 30
Faks: +48 22 894 62 31
Elektron pochta: pl.consulate@mfa.uz
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to‘lovlar faqat bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
ING Bank Śląski
Hisob nomi: KONTO Z LWEM w USD
Hisob raqami: 45 1050 1025 1000 0022 8129 2421
Varshavadagi ING Bank bo‘limlari:
-
ul. Malczewskiego 45, 02-622 Warszawa
Kassa xizmati: dushanbadan jumagacha soat 10:00–15:00 -
ul. Puławska 2, 02-566 Warszawa, Plac Unii City Shopping
Kassa xizmati: dushanbadan jumagacha soat 10:00–17:00
Muhim! Hurmatli murojaat etuvchilar!
-
Elchixonaning Konsullik bo‘limiga ko‘plab murojaatlar bo‘lishi sababli, siz telefon orqali qo‘ng‘iroq qilganingizda, agar konsullik xodimi band bo‘lsa (fuqaroni qabul qilayotgan yoki boshqa murojaatchi bilan suhbatda bo‘lsa), tizim sizga “band” ohangini bermaydi. Buning o‘rniga, chaqiruv ohangi eshitiladi va xodim monitorda qo‘ng‘iroqni ko‘radi. Shu bois, agar sizga telefon orqali javob bo‘lmasa, bu konsullikda hech kim yo‘qligi degani emas, balki boshqa fuqaro bilan shug‘ullanilayotganidan dalolat beradi. Shuning uchun, sizdan iltimos qilamizki, agar bog‘lana olmasangiz, ma’lum vaqt oralig‘ida yana qayta qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring.
-
Elektron pochta orqali murojaat qilganingizda, iltimos, o‘zingiz haqingizda quyidagi to‘liq ma’lumotlarni taqdim eting: to‘liq ism-sharifingiz, pasport ma’lumotlaringiz, O‘zbekistonda va xorijdagi yashash manzilingiz hamda aloqa uchun telefon raqamingiz. Aks holda murojaatingiz spam (virus) deb baholanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar murojaatlarini faqat o‘zbek yoki ingliz tillarida yuborishlari shart.
-
Hujjatlar pochta orqali yuborilgan taqdirda, Elchixona ularning yetib borishiga javobgar emas va bu bilan bog‘liq xarajatlarni qoplamaydi.
O‘zbekiston Respublikasining bayramlari:
-
1 yanvar — Yangi yil
-
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
-
21 mart — Navro‘z
-
9 may — Xotira va qadrlash kuni
-
1 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
-
8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
-
Ramazon hayiti (oy taqvimi asosida)
-
Qurbon hayiti (oy taqvimi asosida)